Bugun Ozarbayjon tili va alfaviti kuni nishonlanmoqda
Ozarbayjonda 1-avgust kuni ozarbayjon alfaviti va tili kuni nishonlanadi.
Ozarbayjonda 1-avgust kuni ozarbayjon alfaviti va tili kuni nishonlanadi. Mazkur tarixiy sana 2001-yil 9-avgustda, mamlakatning lotin alfavitiga oʻtishi toʻliq taʼminlangandan keyin tasdiqlangan edi.
Taʼkidlash joizki, ushbu sana ozarbayjonliklarning ijtimoiy-siyosiy va madaniy hayotida muhim voqea hisoblanadi.
1929-yil 1-yanvarda Ozarbayjon lotin grafikasidagi alfavitga oʻtgan, 1940-yil 1-yanvardan boshlab esa, kirill alifbosiga oʻtishga qaror qilingan. Lotin alfavitiga qaytish tashabbusi 1990-yillarda ilgari surildi. 1990-yil 1-avgustda alfavit boʻyicha komissiya tashkil etildi.
Yangi alfavit 1992-yilda tasdiqlanib, shu yildan qoʻllanila boshladi. 2001-yil 9-avgustda Ozarbayjon Prezidenti Haydar Aliyevning farmoni bilan 1-avgust Ozarbayjon alfaviti va tili kuni, deb eʼlon qilingandi.