Bugun "metan zapravkalar" odatdagi tartibda ishlaydi
Energetika vazirligi axborot xizmatining ma’lum qilishicha, bugun, ya’ni 22 dekabr soat 10:00 dan 16:00 ga qadar mamlakatimiz bo‘yicha barcha “metan zapravkalar” odatdagi rejimda ishlaydi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 11 dekabr kuni aholi xonadonlari va ijtimoiy soha ob’ektlarida tabiiy gaz bosimi pasayishini oldini olish maqsadida mahalliy hokimliklar bilan kelishilgan reja-grafiklarga asosan “metan zapravkalar” faoliyatiga vaqtincha cheklov kiritilgan edi.
N.Ziyodullayeva tayyorladi, O‘zA