Buenos-Ayres - 2018: Bokschilarimizdan oltin va bronza
Argentinada oʻsmirlar Olimpiya oʻyinlarining soʻnggi kuni davom etmoqda.
Argentinada oʻsmirlar Olimpiya oʻyinlarining soʻnggi kuni davom etmoqda.
Avvalroq, -56 kg vazn toifasidagi bokschimiz Abdumalik Xalakov final jangini oʻtkazishi haqida xabar berib oʻtgandik.
Hamyurtimiz hal qiluvchi jangida ukrainalik Maksim Xalinichevga qarshi ringga chiqdi va 5:0 hisobida gʻalaba qozonib, oltin medalga ega chiqdi.
Oradan biroz vaqt oʻtib boshqa bir bokschimiz Timur Merjanov ham sovrindorlar qatoridan oʻrin oldi.
Hamyurtimiz bronza medali uchun jangda Misr vakili Yusuf Ali Kararga qarshi ringga koʻtarildi. Keskin oʻtgan bahs yakuniga koʻra hamyurtimiz gʻalabaga erishdi va Argentina Olimpiadasi sovrindoriga aylandi.
Bu Oʻzbekiston terma jamoasining oʻsmirlar Olimpiadasidagi 16-medali edi. Hisobimizda 5 ta oltin, 4 ta kumush va 7 ta bronza medallari mavjud. 1 ta oltin va 1 ta bronza medallari mikst bahslarida qoʻlga kiritilgan.
Qayd etish lozimki, mazkur oʻyinlarda sportchilarimiz Oʻzbekistonning oʻsmirlar Olimpiya oʻyinlaridagi rekordini yangiladilar.