Bu haftada ob-havo qanday bo‘ladi? (+video)
Mana azizlar, qish oyining ilk kunlaridayoq ona tabiat bizni uzoq kutilgan qor bilan siyladi. Havo harorati juda sovuq, qor esa yog‘ishda davom etmoqda.
O‘zbekiston Gidrometereologiya markazi esa 5 dan 9 dekabrgacha bo‘lgan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi. Unga ko‘ra, bugun O‘zbekiston bo‘yicha vaqti-vaqti bilan qor yog‘ib, tog‘ oldi va tog‘li hududlarda, ba’zi joylarda yog‘in kuchli bo‘ladi. Faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida havoning kam bulutli va quruq bo‘lishi kuzatiladi.
Farg‘ona vodiysi viloyatlarida, tog‘ oldi va tog‘li hududlarda kechasi va kunning birinchi yarmida qor yog‘adi. 7-8 dekabr kunlari faqat respublikaning janubi-sharqiy hududlarida, asosan tog‘ oldi va tog‘li hududlarda ba’zi joylarda biroz qor yog‘ishi mumkin. Respublikaning shimoliy hududlarida kechasi 8-13 daraja sovuq bo‘lishi, ba’zi joylarda 15-20 darajagacha sovuq bo‘lishi kutilmoqda. Respublikaning ayrim hududlariga tuman tushib, yo‘llarda yaxmalak hodisalari kuzatiladi. Yuqoridagi prognozlardan kelib chiqib, O‘zA hamyurtlarimizga qalinroq kiyinishni va bizni ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz orqali kuzatib borishni tavsiya etadi. Oldinda esa sizni bir-biridan qiziq va so‘nggi ma’lumotlar kutmoqda!
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/3Vxtw1As-XY" title="Bu haftada ob-havo qanday bo‘ladi?" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture" allowfullscreen></iframe>Mohichehra Eshmirzayeva, Yoqubjon Melibayev (video), O‘zA