Brokonerlikka qarshi kurash
Jizzax viloyati prokuraturasida Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimida yuzaga kelgan muammolar va brokonerlarga qarshi kurashga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Bosh prokuratura boshqarma boshlig‘i Dilmurod Sobirjanov boshchiligida o‘tkazilgan ushbu yig‘ilishda Prezidentimizning 2022 yil 22 fevraldagi “Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimi boshqaruvini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosi va ko‘ldagi mavjud muammolar hamda brokonerlarga qarshi kurashish borasida amalga oshirilgan ishlar tahliliy-tanqidiy muhokama qilindi.

Yig‘ilishda Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimidagi mavjud muammolar, o‘zboshimchalik bilan noqonuniy qurilishlarni amalga oshirish holatlari va brokonerlarga qarshi kurashish bo‘yicha ishchi guruhi tashkil etilib, hududda yuzaga kelayotgan muammolar, o‘zboshimchalik, brokonerlikka qarshi jiddiy kurashish vazifasi qo‘yildi.
Shuningdek, ushbu ishchi guruhi tomonidan tezkor tadbirlar o‘tkazish yuzasidan mas’ullarga aniq topshiriq va ko‘rsatmalar berildi. Yuzaga kelgan muammolarni bartaraf etish, aybdor shaxslarni va brokonerlarni qonun doirasida javobgarlikka tortish masalasiga ham alohida urg‘u berildi.
A.QAYUMOV, O‘zA