Britaniya Bosh vaziri iste’foga chiqadi (+video)
Buyuk Britaniya Bosh vaziri Kir Starmer o‘zining past qo‘llab-quvvatlash reytingi bo‘yicha xulosa chiqarganini va Leyboristlar partiyasi yetakchisi hamda Buyuk Britaniya Bosh vaziri lavozimlaridan iste’foga chiqishini ma’lum qildi, deb xabar berdi DW nashri
Buyuk Britaniya Bosh vaziri Kir Starmer yaqin kunlarda iste’foga chiqishi kutilayapti. Leyboristlar partiyasi yetakchisining aytishicha, bu masala yuzasidan Buyuk Britaniya qiroli Charlz III bilan suhbatlashgan.
Siyosatchining ta’kidlashicha, u o‘zining past ommaboplik reytingi bo‘yicha tegishli xulosalarga kelganini aytgan. Buni u Dauning-stritdagi qarorgohi oldida chiqish paytida ham tilga olgan.
Starmer Leyboristlar partiyasi rahbari vakolatlarini topshirishini, ammo o‘zining vorisi aniqlangunga qadar Bosh vazir vazifasini bajarishda davom etishini aytgan.
Reuters agentligining eslatishicha, so‘nggi vaqtlarda Starmerning hukumat rahbari sifatidagi faoliyatini ma’qullash reytingi hokimiyatga kelganidan beri eng past darajaga tushib ketgan.
<iframe width="458" height="815" src="https://www.youtube.com/embed/2Zm1KUU_AMU" title="Britaniya Bosh vaziri iste’foga chiqadi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>
Kenja Bekjonov, Salim Obidjonov, O‘zA