Bozorning yangi qiyofasi
Navoiy shahridagi markaziy dehqon bozori kapital rekonstruksiyadan so‘ng, foydalanishga topshirildi.
Navoiy shahridagi markaziy dehqon bozori kapital rekonstruksiyadan so‘ng, foydalanishga topshirildi.Bozorda zamonaviy shaharsozlik me’yorlari asosida keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari amalga oshirilib, barcha rastalar yangilandi. 300 tonna sig‘imdagi sovutgich ishga tushirildi. Xaridorlarga sifatli savdo xizmati ko‘rsatish uchun barcha sharoit yaratildi.