Bo‘zatovning betakror tabiati
FOTOREPORTAJ
Qoraqalpog‘iston Respublikasining Bo‘zatov tumani o‘zining betakror tabiat manzaralari bilan ekoturizm va agroturizmni rivojlantirish uchun qulay hududlardan sanaladi.
– Hududning tabiiy-iqlim sharoitida cho‘l sharoitiga moslashuvchan butasimon daraxtlar, mirzaterak, oq terak, oq va qora tol, chinor, qayrag‘och kabi manzarali daraxtlar yaxshi rivojlanadi, - deydi tuman obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i Qayrat Polibekov. – Shuningdek, bepoyon dala va dashtlar, keng yaylovlarda turli yovvoyi hayvonlar, qush va parrandalar yashaydi.
Ayni paytda Bo‘zatovda ekoturistik manzillarni yanada obod va fayzli go‘shalarga aylantirish, hududga mahalliy va xorijlik sayyohlarni keng jalb etish bo‘yicha izchil sa’y-harakatlar olib borilmoqda.
[gallery-7332]
Muqimjon QODIROV (surat) O‘zA