Boyovutda fuqarolarga yer maydonlari berildi
"E-auksion" elektron savdo platformasi orqali Sirdaryo viloyati Boyovut tumanidan dehqon xo‘jaligi yuritish uchun o‘tkazilgan ochiq tanlovda 95 nafar fuqaroga yer maydoni ajratilgan edi.
Ekin mavsumi boshlanganligi inobatga olinib, foydalanuvchilarning yerga o‘z vaqtida ishlov berish va ertangi ekin ekishlari uchun sharoit yaratish maqsadida yer maydonlarini o‘lchab berish boshlandi.


Xususan, “Laylakko‘l” mahallasida Kadastr agentligi Sirdaryo viloyati boshqarmasi va tuman bo‘limi mutaxassislari, mahalladagi yoshlar yetakchisi va hokim yordamchisi ishtirokida 70 nafar fuqaroga 17,5 gektar yer maydoni belgilangan lot bo‘yicha o‘lchab berildi.


Yer ajratilgan 70 nafar fuqaroning 39 nafarini “Yoshlar daftari”, 1 nafarini “Temir daftar” ro‘yxatida turuvchilar tashkil etadi.


Sh.Suyarov,F. Toshmatov(surat), O‘zA