Boykot eʼlon qilinishi hozircha samara bermadi
Eron tashqi ishlar vaziri Muhammad Javod Zarif fikricha, AQSHning Yaqin Sharq mamlakatlari Tehronga boykot eʼlon qilishi bilan bogʻliq harakatlari hozircha samara bermadi, deyiladi “Le Figaro” xabarida.

“AQSH qoʻshnilarimizni biz bilan aloqani uzishga chaqirmoqda, oʻylaymanki, bunday boʻlmaydi”, deydi Zarif.
Unga koʻra, Eronning eng yaxshi ittifoqchisi Rossiya ham AQSH sanksiyalarining jabrlanuvchisi. Tehron Moskva bilan, shuningdek, Suriya masalasida Anqara bilan hamkorlikni qadrlaydi.