Botirali Yo‘ldoshev: bizda "o‘zbek" - boburshunos olimlari yetishmaydi (+video)
Buyuk shoir, sarkarda va davlat arbobi Zahiriddin Muhammad Bobur shaxsiga nisbatan xorij va o‘zbek adabaiyotlarida asosan uning adabiyotga bo‘lgan mehri, yozgan asarlari, iste’dodli shoirligi ko‘p bora yodga olinadi.
Shoh va shoir Boburmirzoning buyuk davlat arbobi ekanligi, davlatni boshqarish bo‘yicha o‘rnatgan ichki va tashqi siyosati, iqtisodiy boshqaruvi va xalqaro munosabatlar, shuningdek, Boburiy malikalar haqida ham yetarlicha ma’lumotlarni, ayniqsa o‘zbek tilida topish biroz mushkul.
Afsuslar bo‘lsinki, har yilning 14-fevralida eslanadigan, ko‘pincha faqat shu kuni eslanib, turli tadbirlarda g‘azallari o‘qilib, ertasiga deyarli unutiladigan Zahiriddin Muhammad Bobur hayot yo‘li, shoh va shoirligi bizdan ko‘ra xorijda mufassal o‘rganilgan. "Boburnoma" asarini o‘qiganlar ham bizdan ko‘ra chet elda ko‘proq.
Bugungi lavhamizda Boburshunos olim Botirali Yo‘ldoshev shoh va shoir Boburmirzo va Boburiylar saltanatiga oid o‘rganilmagan mavzular haqida o‘z mulohazalarini bildirib o‘tdi.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/RgrnAQGKgWg" title="Botirali Yo‘ldoshev: bizda "o‘zbek" - boburshunos olimlari yetishmaydi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Muuhayyo Turdaliyeva, Anvarxo‘ja Ahmedov, O‘zA