Bolalarni gadjetlardan qanday himoya qilish mumkin? — “Salomat bo‘ling” (+video)
Farzandingiz telefonni qo‘lidan qo‘ymayaptimi? So‘nggi paytlarda jizzaki bo‘lib qoldimi, uyqusi buzildimi yoki ota-onasi bilan gaplashishdan qochyaptimi? Balki bu shunchaki o‘smirlik davri emasdir… Bugun bolalar internet orqali nafaqat bilim va ko‘ngilochar ma’lumotlar, balki zo‘ravonlik, shafqatsizlik, qo‘rquv va ularning yoshiga mos kelmaydigan kontentlarga ham duch kelmoqda. Bunday materiallar bolaning ruhiyati, dunyoqarashi va xulq-atvoriga qanday ta’sir qiladi? Eng muhimi, farzandimiz internetda nimalarni ko‘rayotganini qanday bilishimiz mumkin?
Bolani gadjetlardan butunlay uzib qo‘yish yechimmi yoki unga raqamli dunyoda o‘zini himoya qilishni o‘rgatish kerakmi?
Qattiq nazorat bolani ota-onasidan uzoqlashtirib qo‘ymaydimi?
Bu haqda mutaxassis, psixoterapevt Asqarbek Ergashev bilan suhbatlashdik.
“Salomat bo‘ling” dasturida batafsil
Mohichehra Eshmirzayeva,
Oybek Davronov,
Doniyor Yakubov, Anvar Ahmedov,
O‘zA