Bolalarga bir olam quvonch ulashildi
FOTOREPORTAJ
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi tasarrufidagi «Imkon» davlat ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan MTTda Xalqaro bolalarni himoya qilish kuniga bag‘ishlangan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Davlatimiz rahbarining 2018 yil 16 avgustdagi “Orolbo‘yi mintaqasi bolalari uchun reabilitatsiya markaziga ega bo‘lgan davlat ixtisoslashtirilgan ko‘p tarmoqli maktabgacha ta’lim muassasasini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida 2019 yilda foydalanishga topshirilgan ushbu MTT 120 o‘ringa mo‘ljallangan.
[gallery-7413]
Markazga eshitishida, psixologik rivojlanishida va harakat tizimida nuqsoni bo‘lgan 2 yoshdan 7 yoshgacha bolalar qabul qilinadi. Bu yerda bolalarning salomatligini tiklash, ularga bilim va tarbiya berish uchun barcha imkoniyatlar yaratilgan.
Tadbirda bog‘cha tarbiyalanuvchilari, san’at ustalari ijrosidagi konsert dasturi barchaga xushkayfiyat bag‘ishladi. MTT tarbiyalanuvchilariga homiylar tomonidan bayram sovg‘alari topshirildi.
Tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisi M. Kamalov ishtirok etdi.
Maqsad HABIBULLAEV (surat), O‘zA