Bolalar tibbiy reablitatsiya markazi ochildi
Andijonda hududiy bolalar tibbiy reablitatsiya markazi tashkil etilib, o‘z faoliyatini boshladi.
Shifokorlar, nuroniylar, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etgan markaz ochilishiga bag‘ishlangan tadbirda so‘z olgan viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i Azizbek Mirzajonov va boshqalar tomonidan keyingi yillarda mamlakatimizda aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifatini yuksaltirish, ayniqsa, bolalar salomatligini muhofaza qilish, shu jumladan, nogiron va surunkali xastaligi bo‘lgan bolalar sog‘ligini tiklash borasida keng ko‘lamli ishlar olib borilayotganligi ta’kidlandi.
[gallery-13641]
Andijon shahrida tashkil etilgan surunkali kasalligi va nogironligi bo‘lgan 3 yoshdan 18 yoshgacha bolalarni reabilitatsiya qilish markazi 60 o‘rinli bo‘lib, bu yerda 80 nafarga yaqin tibbiyot xodimi faoliyat olib boradi.
Zamonaviy, barcha qulaylikka ega, zarur vosita va jihozlar bilan ta’minlangan markazda bolalarning salomatligini tiklashi, davolanishi uchun zarur barcha sharoit yaratilgan.
Andijon viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi tasarrufidagi ushbu Bolalar tibbiy reabilitatsiya markazida davolanish tuman, shahar markaziy poliklinikalari Bolalar maslahat konsultatsiya komissiyalari yo‘llanmalari orqali amalga oshiriladi.
F. Ubaydullayev, Z. Umrzoqov (surat), O‘zA muxbirlari.