Bolalar onkologiyasi: yiliga 400 dan ortiq bolaga suyak kömigi transplantatsiyasi zarur, ammo...
Avval xabar berilganidek, Oliy Majlis Qonunçilik palatasida bölib ötgan navbatdagi “Hukumat soati”da soğliqni saqlaş vaziri E.Adilovning “2025-2030-yillarda bolalar saratoniga qarşi kuraşiş böyiça Özbekiston Respublikasi milliy strategiyasi” doirasida amalga oşirilayotgan işlar töğrisidagi axboroti eşitildi.
Vazir tomonidan qayd etilganidek, oğir onkogematologik kasalliklarga çalingan bolalar uçun suyak kömigi transplantatsiyasi muhim hisoblanadi. Bu borada Turkiya Respublikasida davlat hisobidan, Bolalar milliy tibbiyot markazi hamda Respublika bolalar onkologiyasi, gematologiyasi va immunologiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazida transplantatsiyalar amalga oşirilmoqda. Jumladan, 2025-yilda 32 ta, 2026-yil 1-noyabr holatiga esa 36 ta transplantatsiya ötkazilgan.
Biroq, yillik ehtiyoj böyiça 400 nafardan ortiq bolaga suyak kömigi transplantatsiyasi xizmatini körsatiş kerakligi aytib ötildi. Hozirda bu ehtiyojning 10 foizidan kami qoplanmoqda. Vazirlik maʼlumotiga köra, zarur dori vositalari, sarf materiallari va laboratoriya tekşiruvlari uçun mablağ ajratilgan taqdirda, 2027-yilda transplantatsiyalar sonini 100 taga yetkaziş imkoniyati mavjud. Vazir 2030-yilgaça transplantatsiyaning asosiy qismini mamlakatimiz klinikalarida xalqaro xavfsizlik va sifat talablariga rioya etgan holda bajariş — bugungi kundagi strategik vazifa ekanini alohida taʼkidladi.
Uşbu yönalişdagi muammolardan yana biri — transplantatsiya bölimi va tiplaş laboratoriyasi joylaşadigan aseptik korpus qurilişi ikki yildan ortiq keçikmoqda. Vazirga köra, 2027-yilda bu işlarni yakunlab, korpusni foydalanişga topşiriş orqali özak transplantatsiyasi operatsiyalarini maʼlum darajagaça kötariş imkoniyatiga ega bölinadi.
Bundan taşqari, suyak kömigi donorlari milliy reyestrini taşkil etişga oid qaror hali qabul qilinmagan. Sohada kadrlar salohiyatini oşirişga ham eʼtibor qaratilmoqda. Bolalar onkologiyasi böyiça 12 ming 445 nafar mutaxassis öqitilgan, ularning 7 ming 793 nafari sertifikat olgan.

Strategiyaga köra, 2030-yilgaça kasallikni erta aniqlaş uluşini 65 foizga, beş yillik yaşovçanlik darajasini esa kamida 60 foizga yetkaziş rejalaştirilgan. Buning uçun birlamçi tibbiy yordam muassasalari şifokorlari uçun xavfli belgilar böyiça algoritmlar joriy etiş va har bir bemor bolaning davolaş jarayonini elektron reyestr orqali kuzatib boriş közda tutilgan.
Qayd etilganidek, hududiy diagnostika imkoniyatlari ham kengaytiriladi. Yuqori texnologik yordamni faqat poytaxtda emas, aholiga imkon qadar yaqin joyda taşkil etiş maqsadida Samarqandda mintaqalararo bolalar onkogematologiya markazini işga tuşirişdan iborat.
Muhokamalarda deputatlar bir qator savollar bilan vazirga yuzlandi.
Deputat:
— Prezidentimizning tegişli qaroriga asosan palliativ va xospis yordam körsatiş böyiça qonun loyihasi parlamentga kiritilişi lozim edi. Ammo haligaça bu loyiha palataga taqdim etilgani yöq. Buning sababi nimada?
Vazir:
— Bu boradagi qonun loyihasi Prezidentimizning aholiga palliativ tibbiy xizmat körsatişni takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisidagi qarori qabul qilingandan keyin qayta takomillaştirilib, bugungi kunda hukumatga kiritilgan.
Deputat:
— Suyak kömigi transplantatsiyasi böyiça huquqiy asoslar belgilab berilgan bölişiga qaramasdan, mamlakatimizda uşbu amaliyotdan kam foydalaniş holatlari uçrayapti. Bu amaliyotlar kamligining sababi nimada va bu borada işlarni keng yölga qöyiş böyiça qanday rejalar közda tutilgan?
Vazir:
— Biz yiliga 400 ta bolaga suyak kömigi transplantatsiyasini amalga oşirişga ehtiyojimiz bor. Lekin baʼzi sabablar tufayli transplantatsiya amaliyotlarini 400 taga çiqara olmadik. Bolalar onkogematologiyasi markazi hududida aseptik korpus qurilişi yakuniga yetkazilgan. Uşbu korpus foydalanişga topşirilişi bilan transplantatsiyalar sonini keskin kötariş imkoniyati paydo böladi. Ikkinçidan, suyak kömigi donorlarining milliy reyestrini yuritişimiz kerak. Buning uçun 10 mingta donorga ega bölsak, jahon donorlari reyestriga kira olamiz. Bugungi kunda mana şu işlar boşlangan, bu mexanizmni tartibga soliş böyiça Hukumat qarori loyihasini işlab çiqqanmiz.
“Hukumat soati”da bir qator taklif va tavsiyalar ilgari surildi. Yakunda transplantatsiya infratuzilmasini rivojlantiriş, mutaxassislar tayyorlaş va davolaş imkoniyatlarini kengaytiriş böyiça belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan samarali parlament nazoratini taʼminlaşga kelişib olindi.
Muhtarama Komilova,
ÖzA