“Bolajon”da maroqli hordiq
FOTOREPORTAJ
Navoiy viloyatida “NKMK jamg‘armasi” davlat muassasasiga qarashli “Bolajon” yozgi sog‘lomlashtirish oromgohida joriy yilda 4 mavsumda jami 1 ming 720 nafar o‘g‘il-qiz maroqli hordiq chiqarishi rejalashtirilgan.
[gallery-12378]
Oromgoh jamoasi bolalarning ta’til mavsumi unutilmas taassurotlarga boy bo‘lib o‘tishi uchun barcha kuch va imkoniyatlarni safarbar etgan. Bu yerda bolajonlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida o‘nga yaqin to‘garaklar faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.
Bolalar belgilangan kunlik dastur asosida turli mashg‘ulotlarda, tadbir va sport musobaqalarida ishtirok etib kelmoqda. “Navoiy” ovqatlanish kombinati tomonidan ularning 5 mahal ovqatlanishi tashkil etilgan.
Siroj ASLONOV(surat),O‘zA