“Bola puli”dan qancha soliq olinadi?
"Soliq olinmaydi ijtimoiy davlat yordamidan! Qonunga zid!"
Facebook ijtimoiy tarmogʻidagi “Maslahat Uz” guruhi «admini» Xurshida Xonim "Jiyanim 446 ming soʻm bola puli olarkan. Soliq solishyapti shungayam. Apreldan beri soliq solindi deb 227 ming berishibdi” sarlavhasi ostida qoldirgan.
Mazkur savol tariqasidagi fikrga koʻplab yurtdoshlarimiz oʻz shaxsiy munosabatini bildirishgan. Ulardan baʼzilarini eʼtiboringizga havola etamiz.
Kamol Davronov:
- Birinchidan, moddiy yordamga soliq solinmasdi. Xayriyaga ham. Soliq kodeksi oʻzgargan boʻlsa unda 12%.
Nargiza Ahmedova:
- Oʻzi shu 446 ming olish it azobi qancha ovora, sarson boʻladi. Yana soliq solish, tavba... Shu 446 mingni berish uchun uyingda televizor bormi “xolodilnik” bormi deb soʻrashadi, akt tuzishadi va hokazo. Yana har 6 oyda boshqatdan hujjat topshir... Televizor “xolodilnik” siz yashab boʻladimi?
Furqat Qurbonov:
- Soliq olinmaydi ijtimoiy davlat yordamidan! Qonunga zid!
Zilola Qahramonovna:
- Qayerda ishlaydi? Menga ham 446 berishardi, apreldan 271 minga oʻtishgandi. Bu oy 32 ming berishdi. Endi «posobiyadan» ham «podoxod» ushlarmish. Vay shular toʻysin dedim.
Nargiza Shahlo:
- Xa toʻgʻri. Apreldan boshlab soliqqa tortiladi shu summa. Aprel, mayda soliq ushlamagan boʻlsa, iyunda birdaniga 3 oylikni ushlagan. Iyulda koʻproq tushadi.
Sobirbek Abduraxmonov:
- Opajon jiyaningizga ayting shunisiga ham shukr qilsin. Boʻlmasam karantin deb bermasligi ham mumkin. Qoʻlingzdan hech narsa kelmaydi.
Olimpiada Orlova:
- Aniqlashtirmoqchi boʻlsa oʻsha pulni berayotgan joydan soʻrashi kerak. Kimnidir sudga berib oʻtiradigan vaziyatmas hozir.
Dilnoza Azimova:
- 434 000 edi hozir 3 oy boʻldi 381 000 olaman «nalog» olinmoqda dedi buxgalteriya.
Bek Tursunov:
- Mantiqan nafaqadan soliq olinmasligi toʻgʻri. Lekin yangi Soliq kodeksining soliqqa tortilmaydigan daromadlari qatorida 2 yoshgacha bola nafaqasi koʻrsatilmagan. Shuning uchun tashkilotlar tomonidan toʻlanayotgan 2 yoshgacha bola parvarishi nafaqasi daromad sifatida olinib soliqqa tortilgan. Men mutasaddilar bilan bu masalada gaplashdim, ularning gapiga koʻra yangi Soliq kodeksiga tegishli oʻzgartirishlar kiritishayotgan ekan
Lyudmila Kim:
- Asos nima ekan? Qarori bormi bolalar pulidan soliq olishga? Soʻramadimi jiyaningiz?
Jahongir Mirpoʻlatovich:
- Hisobiyam toʻgʻri kelmayapti daromad soligʻi 12% 3 oyga 36%.
Matluba Hoshimova:
- Mumkinmas, sudga ariza tashlang tez, qonunan hal qilinadi.
Oʻrtaga tashlangan mavzu haqiqatda muhokamali mavzulardan biri. Birgina bola pulini olish uchun haddan ziyod talablar qoʻyilgan. Yuqorida aytilganidek, uyingizda roʻzgʻor uchun zarur maishiy texnikalar boʻlmasligi, yashash sharoitingiz juda qiyin ahvolda boʻlishi, oilada ota davlat ishida ishlashi, kamiga ota-onaning ish joyidan soʻngi 6 oylik daromadi toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma va hokazolar taqdim etilishi lozim. Eng qizigʻi oylik miqdoriga qarab, bola puli ajratilar ekan. Mantiqan oʻylansa, ishsiz oila koʻmak soʻraydi.
Oʻylaymizki, mazkur ishga masʼul mutasaddilar “sut puli”, voyaga yetguncha olinadigan bola pulining miqdorini qaytadan koʻrib chiqishadi.
Manija BAHRIYEVA,
jurnalist