Boksni rivojlantirish istiqbollari
Osiyo boks Federatsiyasi rahbari Yusuf Alih Al-Kazim boshchiligidagi delegatsiya Buxoroga tashrif buyurdi.
Martabali mehmon prokuratura xodimlari hamrohligida shaharning tarixiy obidalarini ziyorat qildi. Mehmonlar asrlarga tengdosh tarixiy obidalar Moxi Xosa, Ark qo‘rg‘oni, Masjidi Kalon, Mir Arab madrasasini tomosha qildi.

Yusuf Alih Al-Kazim boshchiligidagi delegatsiya a’zolari Ko‘hna va boqiy Buxoro haqida iliq va unutilmas taassurotlarga ega bo‘ldi.
Sayohatdan so‘ng, Buxoro viloyati prokurori Maxmud Istamov Osiyo boks Federatsiyasi rahbari Yusuf Alih Al-Kazim bilan uchrashdi. Sportning boks turini rivojlantirish uchun amalga oshirilayotgan ishlar bo‘yicha ma’lumot berdi.


Zarif Komilov, O‘zA