Boks oqshomida yana kimlar ringga ko‘tariladi?
Joriy yilning 11 iyun kuni poytaxtimizdagi “Yunusobod” sport majmuasida professional boks oqshomi o‘tkaziladi.
Ushbu boks oqshomi O‘zbekiston Turizm va sport vazirligi, Milliy olimpiya qo‘mitasi, Professional boks federatsiyasi va "Shohjahon Promotions" promouterlik kompaniyasi tomonidan tashkillashtirilgan bo‘lib, kechaning markaziy jangida yengilmas charm qo‘lqop ustasi Shohjahon Ergashev tanzaniyalik Salimu Jangoga qarshi ringga ko‘tariladi. Mazkur jang Yevro-Osiyo boks parlamenti (EBP) kamari uchun bo‘lib o‘tadi.
Shuningdek, musobaqada quyidagi professional bokschilar ringga ko‘tariladi:
Sergey Vorobev (Rossiya) – Aleksandr Juravskiy (Qozog‘iston)
Ulug‘bek Haqberdiyev (O‘zbekiston) – Dmitriy Atroxov (Belarus)
Vladimir Mironenko (Rossiya) – Bekzod Qodirov (O‘zbekiston)
Jamshidbek Najmiddinov (O‘zbekiston) – Merab Turkadze (Gruziya)
Botirjon Zokirov (O‘zbekiston) – Aleksandr Saltikov (Rossiya)
Asrorbek Rahimov (O‘zbekiston)– Ismoiljon Xoliqov (O‘zbekiston).
Eslatib o‘tamiz: ushbu juftliklarda o‘zgarishlar bo‘lishi mumkin.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA