Bojxonachilarning hushyorligi qo‘l keldi
Buxoro viloyati bojxona boshqarmasining “Olot” chegara bojxona posti xodimlari tomonidan noqonuniy tovar moddiy boyliklarni olib o‘tishga bo‘lgan urinish bartaraf etildi.
Unda xorijiy yo‘nalishda harakatlanib, yurtimiz hududiga kirib kelgan yuk avtomashinasi, bojxona postidan harakatlanish chog‘ida tegishli tartibda bojxona nazoratidan o‘tkazildi. Birlamchi bojxona nazorati davomida mazkur yuk avtomashinasining skanerlangan tasvirlari va yuk kuzatuv hujjatlarida mavjud bo‘lgan tafovut bojxona ko‘rigidan o‘tkazish lozimligini ko‘rsatdi.

Natijada yuk kuzatuv hujjatlarida umuman ko‘rsatilmagan 57 dona changyutgichlar borligi o‘z tasdig‘ini topdi. Dastlabki hisob kitoblarga ko‘ra, umumiy qiymati 114 million so‘mni tashkil etuvchi ushbu tovar yuzasidan qonuniy qaror ko‘rilgunga qadar vaqtincha saqlov chorasi ko‘rilgan bo‘lib, holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan tergovga qadar surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Zarif Komilov, O‘zA