Bog‘chachilar ham ko‘chat ekish aksiyada faol qatnashmoqda
Ayni kunlarda yurtimizdagi barcha tashkilot, muassasa va korxonalarda diyorimizni bundanda obod qilishga qaratilgan keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.
Ushbu ezgu ishda Sirdaryo viloyati maktabgacha ta’lim boshqarmasi xodimlari ham faol ishtirok etmoqda.
“Yashil makon” umummilliy loyihasi asosida o‘tkazilayotgan “Dolzarb 40 kunlik” aksiyasi doirasida Guliston shahridagi 7-sonli DMTT hovlisida boshqarma xodimlari hamda tuman (shahar) bo‘limlari mudirlari ishtirokida turli mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari o‘tqazildi.

– Shu kungacha boshqarma xodimlari tomonidan loyiha doirasida joylarda 21 ming 966 ta ko‘chat ekildi, – deydi Sirdaryo viloyati Maktabgacha ta’lim boshqarmasi boshlig‘i Davron Do‘stov. – Bunday sa’y-harakatlardan ko‘zlangan asosiy maqsad obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlariga ko‘maklashish, xalqimizga xos ezgu fazilatlarni yuksaltirish, ularni yoshlar qalbiga singdirish, yurtimizni bundan ham ko‘rkam ko‘rinishga keltirishdan iborat. “Dolzarb 40 kunlik” aksiyasi doirasida ko‘kalamzorlashtirish tadbirlari viloyatning barcha hududlarida davom etmoqda.

Shuhrat Suyarov, O‘zA