Bochcha bo‘yicha O‘zbekiston kubogi o‘tkazildi
Jahon shohsupalariga ko‘tarilayotgan matonatli para sportchilarimiz natijalari ortida mashaqqatli mehnat turishi sir emas. Zero, ular avvalo O‘zbekiston miqyosidagi sinovlarda o‘zlarini ko‘rsatishlari talab etiladi.
Respublika olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida bochcha bo‘yicha O‘zbekiston kubogi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur musobaqada mamlakatimizning turli hududlaridan jami 50 nafardan ziyod mahoratli para sportchilar yakkalik yo‘nalishidagi bellashuvlarda ishtirok etdi. Qizg‘in va murosasiz kechgan bahslarda Toshkent shahri vakillari umumjamoa hisobida birinchi, Farg‘ona viloyati sportchilari ikkinchi hamda Andijon viloyatidan tashrif buyurgan matonat egalari uchinchi o‘rinni egalladi.

Ishonamizki, ushbu musobaqadagi natijalar ulkan marralarga qo‘yilgan muhim qadam vazifasini o‘taydi.
Sherbek Islomov,
O‘zA