Boburjon Omonov oltin medal sohibi
Paralimpiya o‘yinlarining para yengil atletika turi bo‘yicha erkaklar o‘rtasida F 41 klassida yadro uloqtirish bahslari nihoyasiga yetdi.
Unda Boburjon Omonov 14.06 metr natija qayd etib, Paralimpiya o‘yinlari rekordini yangilagan holda oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Ta’kidlash kerakki, bu boradagi jahon rekordi ham aynan B.Omonovga tegishli. Boburjon BAAda bo‘lib o‘tgan jahon chempionatida 14.31 metr natija qayd etgan holda rekord o‘rnatgan edi.
Shu tariqa delegatsiyamiz hisobidagi medallar soni 13 taga yetdi: 5 ta oltin, 4 ta kumush va 4 ta bronza.
J.Toshxo‘jayev, O‘zA