Bobur hayoti va ijodi madh etildi
FOTOREPORTAJ
Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumanida buyuk shoir va mohir sarkarda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 540 yilligi munosabati bilan “Men kim Bobur avlodi” deb nomlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.
Ta’kidlash joiz, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning joriy yil 25 yanvardagi “Buyuk shoir va olim, mashhur davlat arbobi Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 540 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, yubiley doirasida mamlakatimizdagi Bobur nomi bilan bog‘liq obida va qadamjolarni ta’mirlash, shoir merosiga mansub qo‘lyozma, qadimiy kitoblar, san’at asarlari va boshqa madaniy boyliklarni restavratsiya qilish, ularni ishonchli darajada saqlash uchun zarur sharoit yaratish, xorijda saqlanayotgan noyob qo‘lyozmalar va boshqa madaniy boyliklarni aniqlash, ularning nusxalarini O‘zbekistonga olib kelish hamda tadqiq qilish vazifalari belgilangan.
[gallery-10566]
Viloyat va tuman hokimliklari, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi viloyat, tuman bo‘limlari, “Axsikent” arxeologiya merosi ob’ektini muhofaza qilish va tadqiq etish direksiyasi va qator hamkor tashkilotlar hamkorligida tashkil etilgan tadbirda Bobur hayoti va ijodi madh etildi.
Tadbir doirasida hunarmandchilik va kitoblar ko‘rgazmalari, sportchilarning chiqishlari tashkil etildi. Ishtirokchilar ochiq osmon ostidagi muzey yangiliklari bilan yaqindan tanishdi.
Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA