BMT Bosh kotibi AQSHni ogohlantirdi (+video)
BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish AQSH va Isroilni Erondagi elektr stansiyalari va boshqa fuqarolik infratuzilmalariga hujum qilmaslikka chaqirdi. Uning vakili Stefan Dyujarrik Nyu-Yorkdagi bayonotida bunday hujumlar xalqaro huquq qoidalariga zid ekanini ta’kidladi, deb xabar qildi DW nashri.
Dyujarrikning so‘zlariga ko‘ra, hatto ayrim fuqarolik ob’ektlari harbiy maqsad deb baholangan taqdirda ham, agar tinch aholiga katta zarar yetkazish ehtimoli bo‘lsa, ularga zarba berish taqiqlanadi.
Shuningdek, Guterrish ikkala tomon ham bu mojaroni tezora tugatish kerakligini bildirgan.
BMT chaqiriqlariga qaramasdan, Donald Tramp Eronga nisbatan keskin bayonot berdi. U Eron ultimatum talablarini bajarmasa, bir necha soat ichida mamlakatdagi barcha ko‘priklar va elektrstansiyalarni portlatish bilan tahdid qildi.
Shu bilan birga u AQSH Eronni to‘liq yo‘q qilish imkoniga ega ekanini ham ta’kidlagan.
Tramp ultimatumi Erondan Hurmuz bo‘g‘ozini ochishni talab qilyapti. Bo‘g‘oz jahon neft va gaz bozori uchun muhim yo‘l hisoblanadi va tabiiyki bu yerdagi mojarolar boshqa davlatlar iqtisodiyotiga jiddiy ta’sir qilmoqda.
Tramp esa BMT va boshqa xalqaro tashkilotlarning bunday hujumlar harbiy jinoyat hisoblanishi haqidagi tanqidlarini ham rad etmoqda. Uning fikricha, Eronning yadroviy qurolga ega bo‘lishiga yo‘l qo‘yish, haqiqiy harbiy jinoyat hisoblanadi.
Shuningdek, u Eron rahbarlarini ham qattiq tanqid qildi va AQSHda urushga qarshi chiqayotganlarni ham keskin so‘zlar bilan “siylagan”.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/5VRFbWXMmdQ" title="BMT Bosh kotibi AQSHni ogohlantirdi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Kenja Bekjonov, Salimjon Obidjonoa, O‘zA