BMT bilan korrupsiyaga qarşi kuraşiş sohasida hamkorlik kuçaytiriladi
Avstriyaning Vena şahrida Birlaşgan Millatlar Taşkiloti (BMT) kotibiyati tomonidan Korrupsiyaga qarşi konvensiya doirasida xalqaro hamkorlikni mustahkamlaş böyiça Ekspertlar guruhining 15-yiğilişi hamda Aktivlarni qaytariş böyiça Hukumatlararo işçi guruhining 20-sessiyasi bölib ötmoqda.
Mazkur tadbirlarda Özbekiston Respublikasi Boş prokuraturasi Xalqaro-huquqiy boşqarmasi boşliği R.Ğiyosov boşçiligidagi delegatsiya iştirok etmoqda.
Yiğilişlar doirasida BMTning Korrupsiyaga qarşi konvensiyasi qoidalarini amalga oşiriş, korrupsiyaga qarşi kuraşiş sohasida xalqaro hamkorlikni mustahkamlaş masalalari muhokama etilmoqda.
Jinoyat işlari böyiça özaro huquqiy yordam körsatiş, jinoiy faoliyat natijasida orttirilgan aktivlarni aniqlaş, xatlaş, musodara qiliş va qaytariş mexanizmlarini takomillaştiriş yuzasidan fikr almaşilmoqda.

Bundan taşqari, tadbirlar doirasida Özbekiston Boş prokuraturasi delegatsiyasining Latviya, Belgiya, Niderlandiya va boşqa davlatlar vakillari bilan ikki tomonlama uçraşuvlari ötkazilişi rejalaştirilgan.
Ularda jinoyat işlari böyiça özaro huquqiy yordam körsatiş, jinoiy aktivlarni qaytariş hamda kelgusida hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantiriş istiqbollari muhokama etiladi.
N.Abduraimova,
ÖzA