Blinken: Afrika dunyo kelajagini belgilaydi
Dunyoning kelajagi ko‘p jihatdan Afrikaning istiqboliga bog‘liq bo‘ladi, shuning uchun AQSH qit’a mamlakatlari bilan munosabatga alohida e’tibor beradi. Qo‘shma Shtatlar Davlat kotibi Entoni Blinken Fransiyaning “RFI” xalqaro radiosi muxbiriga shu haqda gapirdi:
- Men Janubiy Afrikaga shunchaki borganim yo‘q, kim bilandir raqobat ham qilmoqchi emasman. Bu Amerikaning Afrikaga oddiy safari emas. Dunyoning istiqboli Afrikada belgilanadi. 2025 yil bu qit’a aholisining 50 foizi 25 yoshdan kichik bo‘ladi. 2050 yilga kelib esa sayyoramizning har to‘rtinchi fuqarosi afrikalik bo‘ladi.
AQSH Afrika davlatlari bilan yanada mustahkam hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga va muammolarni, jumladan, iqlim o‘zgarishi va koronovirus pandemiyasi oqibatiga qarshi faol kurashish uchun birgalikda ishlashga intilmoqda, dedi Davlat kotibi.
Blinkenning Janubiy Afrikaga tashrifi yakshanba kuni boshlandi. Blinken uchta davlatga bormoqchi. Janubiy Afrikadan keyin u Kongo Respublikasi va Ruandaga yo‘l oladi. Safar 11 avgustda nihoyasiga yetadi.