“Bitta askar – bitta kasb” tamoyili — kelajak sari dadil qadam
FOTOREPORTAJ
Nukus shahridagi 1-texnikumda “Bitta askar – bitta kasb” tamoyili asosida muddatli harbiy xizmatchilar uchun amaliy kasb-hunar mashg‘ulotlari tashkil etilgan.
Mazkur tashabbusdan ko‘zlangan asosiy maqsad har bir askarning harbiy xizmatdan so‘ng hayotda asqotadigan, zamonaviy mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasbni egallashiga ko‘maklashishdan iborat.
Texnikumda harbiy xizmatchilar elektr montaji, dasturlash va servis xizmatlari yo‘nalishlarida nazariy bilim bilan bir qatorda amaliy ko‘nikmalarni ham egallamoqda.
Mashg‘ulotlar davomida askarlar zamonaviy texnologiyalar bilan ishlash, elektr jihozlarini o‘rnatish va ularga xizmat ko‘rsatish, dasturlash asoslari hamda servis sohasining muhim jihatlarini o‘rganmoqda.
[gallery-31066]
Harbiy xizmat davomida shakllangan intizom, mas’uliyat, jamoada ishlash, qat’iyat va topshiriqlarni aniq bajarish kabi fazilatlar kasbiy ta’lim bilan uyg‘unlashtirilmoqda.
Bu esa askarlarning nafaqat Vatan himoyachisi, balki harbiy xizmatdan keyingi hayotini puxta rejalashtira oladigan, mehnat bozorida o‘z o‘rnini topishga tayyor mutaxassis sifatida shakllanishiga xizmat qilmoqda.
Ayniqsa, elektr montaji va servis xizmatlari kabi amaliy kasblarni o‘rganish yoshlarga kelgusida mustaqil mehnat faoliyatini boshlash uchun muhim imkoniyat yaratadi.
Dasturlash yo‘nalishidagi mashg‘ulotlar esa raqamli texnologiyalar jadal rivojlanayotgan bugungi davrda askarlarning zamonaviy bilim va ko‘nikmalarga bo‘lgan qiziqishini oshirishga xizmat qilmoqda.
Maqsad HABIBULLAEV(surat),O‘zA