Bitiruvchi kursantlarga leytenant harbiy unvoni topshirildi
Poytaxtimizdagi “Yangi O‘zbekiston” bog‘ida Favqulodda vaziyatlar vazirligi akademiyasi bitiruvchilarining tantanali bitiruv tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda favqulodda vaziyatlar vaziri, general-mayor Azizbek Ikramov vazirlik tizimida yetuk malakali kadrlar tayyorlash mutlaqo yangi bosqichga chiqqanini ta’kidladi.
Qayd etilganidek, akademiya yagona ta’lim kampusi tamoyili asosida rivojlantirilmoqda.
[gallery-29935]
Tadbirda so‘zga chiqqanlar bitiruvchilarni hayotlaridagi muhim va unutilmas sana — diplom hamda leytenant harbiy unvoniga sazovor bo‘lganliklari bilan samimiy muborakbod etdi.
G.Boboyeva, Asliddin Alijonov (surat), O‘zA