Bitimlarsiz “keskin ssenariy”
Fransiya hukumati rahbari Eduard Filipp Dyunkerkdagi xizmat safari chogʻida Buyuk Britaniyaning Yevroittifoq tarkibidan bitimlarsiz va “keskin ssenariy” asosida chiqishi haqida fikr bildirdi.
Fransiya hukumati rahbari Eduard Filipp Dyunkerkdagi xizmat safari chogʻida Buyuk Britaniyaning Yevroittifoq tarkibidan bitimlarsiz va “keskin ssenariy” asosida chiqishi haqida fikr bildirdi.
“Reuters” xabarida aytilishicha, Yevropa mamlakatlari Londonga ittifoqdan aynan shu tariqa chiqishga imkon berishlari kerak. Filippga koʻra, Britaniyadagi ichki siyosiy beqarorlik Brexit vaziyatiga oydinlik kiritilishiga xalaqit beradi. Bu esa Yevroittifoq bilan bitimlarning ratifikatsiya qilinishi bilan bogʻliq noaniqlikka sabab boʻladi.
Eslatib oʻtamiz, Yevrokomissiya taklif qilgan bitimni qoʻllab-quvvatlagan Tereza Mey nuqtai nazariga qoʻshilmagan toʻrt vazir isteʼfoga chiqqan.