Birmingemda ikki medal qo‘lga kiritildi
AQSHning Birmingem shahrida Butunjahon sport o‘yinlarida qatnashgan delegatsiyamiz vakillari o‘z ishtiroklarini yakunladi.
Mazkur musobaqada dunyoning 110 mamlakatdan 3 ming 600 nafardan ortiq sportchilar ishtirok etdi. O‘zbekiston jamoasi ushbu musobaqaga 5 nafar sportchi bilan tashrif buyurdi. Quvonarlisi vakillarimiz orasida karatechimiz Doston Otabolayev 75 kilogrammgacha vazn toifasida bronza medali bilan taqdirlangan bo‘lsa, Darya Latisheva ushu sport turi bo‘yicha o‘tgan bahslarda kumush medalini qo‘lga kiritdi.
Shu tariqa, delegatsiyamiz Birmingemda 1 tadan kumush va bronza medallarini qo‘lga kiritdi.
Eslatib o‘tamiz, navbatdagi Butunjahon sport o‘yinlari 2025 yili Koreya Respublikasining Chengdu shahrida bo‘lib o‘tadi.
O‘zA