“Bir deputat – yuz ayolga ko‘makchi”
“Ayollar qanoti”ning “Bir deputat – yuz ayolga ko‘makchi” loyihasi xotin-qizlarga ko‘makchi vazifasini o‘tamoqda. Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashi deputati, Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati O‘zbekiston Liberal-Demokratik partiyasi viloyat Kengashi raisining ayollar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Dilbar Ahmedovaning bu boradagi sa’y-harakatlari e’tiborga sazovor.
Deputat tomonidan tadbirkor xotin-qizlar o‘rtasida o‘tkazib kelinayotgan o‘quv va seminar mashg‘ulotlari, mahorat darslari, davra suhbatlari hamda biznes uchrashuvlar o‘z samarasini bermoqda.



– Buxoro shahridagi “Kasb-hunar innovatsion o‘quv markazi”, Peshku va Vobkent tumanlaridagi “Kasb-hunar o‘quv markaz”lari orqali minglab ishsiz xotin-qizlar o‘z hunariga ega bo‘ldi. O‘tgan yillar davomida 3657 nafar xotin-qizlar iqtisodiy, huquqiy va tadbirkorlik bilim va ko‘nikmalari oshirildi. Natijada 1678 nafar ayol o‘z biznesini yo‘lga qo‘ydi, yangi ish o‘rinlarini yaratdi, – deydi Dilbar Ahmedova.
Zarif Komilov, O‘zA muxbiri