Bilim chegara bilmasagina jamiyat rivojlanadi
Biz bugun inson qadri, sha’ni ulug‘lanayotgan yurtda yashayapmiz. Zero, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev asarlari va nutqlarida ilgari surilgan “Inson qadri uchun” tamoyili davlat siyosatining bosh maqsadi sifatida e’tirof etiladi.
Prezidentimizning O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqida erishilgan yutuqlar tilga olinar ekan, kelgusi o‘n yillik O‘zbekiston uchun milliy yuksalish davri bo‘lishini ta’kidladi va inson qadrini yanada yuksaltiradigan 7 ta milliy dasturni amalga oshirilishini aytib o‘tdi:
Bu 7 ta milliy dastur mazmun-mohiyati bilan xalqimiz uchun munosib turmush sharoitini yaratish, xalqni rozi qilishga qaratilganligi bilan katta ahamiyatga ega. Bularning barchasi kelgusida milliy yuksalish uchun dasturulamal bo‘lib xizmat qiladi.
Prezidentimiz tomonidan belgilab berilgan “Bilim va malakani kelgusi taraqqiyotimizning asosiy kapitaliga aylantirish” nomli bandi bugungi kunda O‘zbekistonning strategik maqsadlaridan biridir. Ma’lumki, zamonaviy dunyoda neft, gaz va oltin kabi tabiiy boyliklar emas, balki inson kapitali, ya’ni bilimli, yuqori malakali va kreativ fikrlaydigan kadrlar davlatning raqobatbardoshligini belgilab bermoqda.
Ta’lim tizimini modernizatsiya qilgan holda bolalarga yoshligidanoq mustaqil fikrlash, mantiq va kreativlikni rivojlantirishga, OTMlarni fan va ishlab chiqarish bilan integratsiya qilish, xalqaro standartlarga moslashtirish, ilmiy izlanishlarni tijoratlashtirish va amaliyotga tatbiq etish ustuvor vazifalar qilib belgilangan.
Shuningdek, raqamli savodxonlik, til bilish va moslashuvchanlik kabi zamonaviy ko‘nikmalarni shakllantirish ham muhim ahamiyatga ega. Bugungi kunda O‘zbekistonda bu sohada sezilarli natijalarga erishildi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.
Tez o‘zgarayotgan dunyoda har bir fuqaro maktab va universitetda olgan bilimi bilan cheklanib qolmay, muntazam ravishda o‘z malakasini oshirib borsagina mehnat bozoridan o‘z o‘rni va qadrini topadi. Zero, bilimga kiritilgan investitsiya – eng yuqori foyda keltiradigan investitsiyadir. Bilimli va yuqori malakali insonlarga ega jamiyatgina kuchli iqtisodiyot va farovon kelajakni qura oladi.
Ulug‘bek Abdullayev,
Andijon davlat texnika instituti professori, tarix fanlari doktori.