Beshta muhim tashabbus – amalda
Davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan beshta muhim tashabbus ijrosini taʼminlashga joylarda jiddiy eʼtibor qaratilmoqda
Davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan beshta muhim tashabbus ijrosini taʼminlashga joylarda jiddiy eʼtibor qaratilmoqda.
Yaqinda Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi va “Oʻzpaxtasanoat“ AJ tizimidagi “Andijon baraka chevarlari 2019“ MCHJ hamkorligida Boʻz tumanida “Boʻz baraka chevarlari“ tikuvchilik majmuasi ish boshladi.
Korxonada 150 nafar ogʻir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan, ishsiz xotin-qizlarning bandligi taʼminlandi. Ularning orasida 68 nafar tikuvchilik malakasiga ega boʻlmagan xotin-qizlar korxona ishga tushgunga qadar malakali mutaxassislar tomonidan oʻqitildi.