Beshariq tumani g‘allakorlari marraga yetib keldilar
Farg‘ona viloyati Beshariq tumani g‘allakorlari 2026-yil hosili uchun davlatga don topshirish shartnomasini ortig‘i bilan bajarib, viloyatda birinchilar qatoridan marraga yetib keldilar.
Joriy yilda 8 400 gektar maydonda parvarishlangan g‘alladan davlatga 29 ming 100 tonnadan ortiq don topshirildi. Hali don maydonlarining yarmi o‘rilmagan. Bu yuksak natija 242 nafar fermer xo‘jaligi va dehqonlarning fidokorona mehnati samarasidir. Ayni paytda g‘allazorlarda o‘rim-yig‘im ishlari qizg‘in sur’atlarda davom etmoqda. Ayniqsa, G‘ofurjon Nabiyev, Abdullayev Rahmatjon, Alisher Abduvahobov, Shalola Nazirqulov, Elshodbek Ma’murov, Bo‘taboy Jumanov, "Kulolobod fayzi" hamda Muborak Saidahmedova fermer xo‘jaliklari yuqori hosildorlikka erishib, 1 gektaridan 90-100 sentnergacha hosil olib, umumiy yutuqqa munosib hissa qo‘shdilar.


Yalpi hosil tumanda 70 ming tonnadan oshadi, deyishmoqda soha mutasaddilari.
Muhammadjon Obidov, O‘zA