“Berlin Moskva bilan o‘zaro manfaatli munosabatlar bo‘yicha muloqotga tayyor”
Germaniya Rossiya bilan imkoniyati bo‘lgan sohalarda pragmatik munosabatlarni rivojlantirmoqchi.
Tashqi ishlar vaziri Xayko Maas hozir Yevroittifoq va Rossiya munosabatlari anchagina keskinlashganini e’tirof qildi.
“Lekin Berlin Moskva bilan o‘zaro manfaatli munosabatlar bo‘yicha muloqotga tayyor” deb yozadi “Rzeczpospolita” gazetasi.
Ayni paytda Germaniya Rossiyaning hatti-harakatlaridan o‘z manfaatiga muvofiq keluvchi jihatlarga e’tibor qaratmoqchi. “Agar qonun buzilishlari va ma’lum aldovlar kuzatilsa, biz ham shunga mos bo‘lgan javob va pozitsiyaga o‘tamiz”, dedi vazir.