Bayramona kayfiyat bag‘ishladi
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filialida yangi yil bayrami ko‘tarinki ruhda nishonlandi.
Tadbirda filial direktori Adilbay Yesimbetov va boshqalar so‘zga chiqib, yig‘ilganlarni kirib kelayotgan yangi yil bilan muborakbod etib, barchaga samimiy tilaklarini bildirdi. Bayram arafasida o‘tgan yili amalga oshirgan ishlar carhisob qilindi. Yil davomida jamoa hamjihatlikda katta muvaffaqiyatlarga erishganligi alohida qayd etildi. Kelgusi yil barcha uchun yanada omadli kelishini tiladi.

Bayram tadbiri davomida professor-o‘qituvchilar hamda xodimlarga yangi yil sovg‘alari ulashildi. Bundan tashqari, yil davomida faol mehnat qilgan va filialning rivojiga salmoqli hissa qo‘shgan bir guruh fidoyi xodimlar faxriy yorliq hamda diplomlar bilan taqdirlandi.
Shuningdek, filial kasaba uyushmasi qo‘mitasi tashabbusi bilan o‘tkazilgan sport musobaqalarida muvaffaqiyatga erishgan professor-o‘qituvchilar va xodimlarga bayram sovg‘alari topshirildi. Yangi yilni munosib kutib olish nafaqat yangi tashabbuslar, balki jamoaning birgalikdagi sa’y-harakatlari va kelajakdagi yuksak maqsadlar sari intilishining ramzi sifatida ham xizmat qiladi.
Tadbir davomida taniqli san’atkorlar ijrosidagi kuy-qo‘shiqlar barchaga bayramona kayfiyat bag‘ishladi.
Dovud Abibullayev, O‘zA muxbiri