Bayden immigratsiya bo‘yicha yangi farmonni imzolaydi
AQSH prezidenti Jo Bayden kelasi hafta immigratsiya bo‘yicha yangi rejalarni e’lon qilishi mumkin.
Bu haqda prezidentning matbuot kotibi Jen Psaki jurnalistlarga ma’lum qilgan.
"Kelgusi haftada prezidentning immigratsiya bo‘yicha aytadigan yangiligi bor", – degan Psaki.
Avvalroq AQSH telekanallari Baydenning qochqinlarni qabul qilish bo‘yicha farmonni imzolashga tayyorlanayotgani haqida xabar tarqatgan edi.
Donald Tramp prezidentligi davrda AQSHda qochqinlar amalda umuman qabul qilinmay qo‘ygandi. 2021 yil uchun esa atigi 15 minglik limit belgilangandi. Aslida koronavirus pandemiyasi tufayli qochqinlar shundoq ham mamlakatga kiritilmayotgan edi.