Baxshi harbiy orkestr bilan kuyladi
Samarqand viloyatining Urgut tumanida “Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik!” shiori ostida keng qamrovli “Yoshlar festivali” o‘tkazildi.
Markaziy harbiy okrug qo‘mondonligi tashabbusi bilan tashkil etilgan festival doirasidagi turli sport musobaqalari va intellektual o‘yinlar, harbiy texnikalar, qurol-aslahalar ko‘rgazmasida minglab urgutlik yoshlar ishtirok etdi.


Ayniqsa, qo‘mondon kubogi uchun milliy kurash va tosh ko‘tarish bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqalarda eng epchil va chaqqon yoshlar aniqlanib, tashkilotchilar tomonidan munosib taqdirlandi.


Festival doirasida harbiy orkestr jamoasining konsert dasturi ham namoyish etildi. Orkestr jamoasi bilan birga muddatli harbiy xizmatchilarning chiqishlari ham tadbir ishtirokchilariga manzur bo‘ldi.

Xususan, baxshining orkestr bilan jo‘rlikda ijro etgan terma va dostonlari yig‘ilganlarga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.

G‘olib Hasanov, O‘zA