«Barselona» Xulian Alvares transferidan deyarli voz kechdi
Agar favqulodda biror o‘zgarish yuz bermasa, Alvares Kataloniya klubiga o‘tmaydi.
«Barselona» «Atletiko» hujumchisi Xulian Alvaresni o‘z safiga qo‘shib olish rejasidan deyarli voz kechdi. Bu haqda jurnalist Matteo Moretto ma’lum qildi.
Avvalroq argentinalik hujumchi Madrid klubini tark etish istagini bildirgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
««Barsa» boshqa variantlarni o‘rganmoqda. Agar favqulodda biror o‘zgarish yuz bermasa, Alvares Kataloniya klubiga o‘tmaydi», — dedi Moretto Marca Transfer jonli efirida.
26 yoshli hujumchi 2025/26-yilgi mavsumda barcha musobaqalarda 49 ta uchrashuv o‘tkazib, 20 ta gol urdi va 9 ta assist qayd etdi.
Transfermarkt portaliga ko‘ra, Alvaresning bozor qiymati 120 million yevroni tashkil etadi.
Futbolchining «Atletiko» bilan amaldagi shartnomasi 2030-yil yozigacha amal qiladi.