«Barselona» Rodri transferini yakunlashga bir qadam qoldi
«Barselona» bosh murabbiyi Xans-Diter Flik Rodri shu haftaning o‘zidayoq jamoaga qo‘shilishiga umid qilmoqda.
«Barselona» «Manchester Siti» yarim himoyachisi Rodri transferini amalga oshirishga juda yaqin turibdi. Bu haqda Mundo Deportivo xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, klublar o‘rtasidagi muzokaralar yakuniy bosqichga chiqqan. Kataloniyaliklar avvalroq futbolchi bilan shaxsiy shartnoma shartlarini to‘liq kelishib olgan.
Endilikda «Barselona» va «Manchester Siti» transfer summasi bo‘yicha kelishuvga yaqin. Bitim kafolatlangan to‘lov va bonuslardan iborat bo‘ladi. Tomonlarga hujjatlar almashinuvidan avval faqat so‘nggi tafsilotlarni hal qilish qolgan.
Qayd etilishicha, «Barselona» bosh murabbiyi Xans-Diter Flik Rodri shu haftaning o‘zidayoq jamoaga qo‘shilishiga umid qilmoqda.