Barnogul Sanakulova: "Adolat"siz — soliq tizimi ishlamaydi! (+video)
"Shaxsiy mulohaza" loyihasining bu galgi sonida iqtisodiyot fanlari doktori, professor Barnogul Sanakulova "soliq to‘lashdan qochgan san’atkorlar" mavzusi bugun jamiyatga qanchalik ta’sir qilishi, soliq tizimidagi kamchiliklar va adolat mezonlari haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
So‘nggi oylarda keng muhokamalarga sabab bo‘layotgan asosiy mavzulardan biri bu — 2026-yil 1-sentabrdan boshlab san’atkorlardan har bir to‘y yoki konsert uchun alohida soliq undirish tizimi joriy etilishi mumkinligi haqidagi xabar bo‘ldi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.
Mazkur yangilik e’lon qilinganidan so‘ng, to‘ylardan minglab dollar topadigan xonandalar soliq to‘lashga kelganda birdan “kambag‘al”, "jabrlangan" bo‘lib qolishdi. Ba’zilar mazkur tartibga mutlaq qarshi bo‘lsa, ayrimlari “san’atkorlarga yengillik beringlar, bizning ahvolimiz og‘ir” degan vajlar bilan chiqishmoqda.
Xo‘sh, bu masala nega bunchalik shov-shuvga sabab bo‘lmoqda?
Bitta to‘yda "o‘qituvchining yillik daromadi"ni topadigan san’atkorlarning soliqdan qochishi adolatdanmi?
Batafsil
<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/WDILRFpTmHs" title="Barnogul Sanakulova: "Adolat"siz — soliq tizimi ishlamaydi! " frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Muhayyo Turdaliyeva, Anvarxo‘ja Ahmedov, O‘zA