“Barkamol avlod”ning yosh sportchilari
Namangan shahar “Barkamol avlod” bolalar va o‘smirlar sport maktabida 800 nafardan ziyod o‘g‘il-qiz stol tennisi, yengil atletika, futbol, dzyudo, suzish, o‘zbek jang san’ati, karate kabi sport turlari bo‘yicha mahorat sirlarini o‘rganmoqda.

Sport maktabida faoliyat ko‘rsatayotgan 28 murabbiyning 11 nafari ayollardir. Bu o‘quvchi-qizlarni sport mashg‘ulotlariga yanada keng jalb etishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Tajribali murabbiyalardan biri Nargiza Mamarasulova 4 yoshdan 11 yoshgacha bo‘lgan ellikka yaqin qizga badiiy gimnastikadan saboq berayotir.