Bag‘dodda elektr tarmoqlariga yangi quvvat qo‘shildi
FOTOREPORTAJ
Farg‘ona viloyatida aholi va iste’molchilarni barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash, tarmoqlar quvvatini oshirish borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.
Jumladan, Bag‘dod tumanidagi “Namuna” podstansiyasida quvvatni oshirish ishlari amalga oshirildi. “Farg‘ona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ mutaxassislari tomonidan avval foydalanib kelingan 6 ming 300 kVA quvvatli kuch transformatori o‘rniga 10 ming kVA quvvatga ega yangi transformator o‘rnatildi.
[gallery-31105]
Natijada podstansiya quvvati 3 ming 700 kVAga oshirilib, tumanning ayrim hududlarida elektr ta’minoti imkoniyatlari kengaytirildi.
Yangi quvvat, avvalo, iste’molchilarning ortib borayotgan elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyojini qoplash, tarmoqlardagi yuklamani maqbullashtirish va ta’minot barqarorligini ta’minlashga xizmat qiladi.
Shuningdek, podstansiya quvvatining oshirilishi aholi xonadonlari, ijtimoiy soha ob’ektlari hamda tadbirkorlik sub’ektlarining elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyojini ishonchli ta’minlash uchun qo‘shimcha imkoniyat yaratadi.
Muqimjon QODIROV(surat),O‘zA