Ayollarni qo‘llab-quvvatlovchi maskan
Qashqadaryo viloyati G‘uzor tumanida “Oila va xotin-qizlar maskani” o‘z faoliyatini boshladi.
Bu haqda tuman hokimligi axborot xizmati ma’lum qildi.

Ta’kidlanishicha, tumanning “Mustaqillik” mahallasida joylashgan maskanda psixolog va yurist, tibbiyot, oila qurish arafasida turgan yoshlarni turmushga tayyorlash xonalari va fitnes klub mavjud bo‘lib, bu yerda og‘ir vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlarga psixologik, yuridik maslahat beriladi, ularning salomatliklari nazoratga olinadi.


Maskan ochilishiga bag‘ishlab o‘tkazilgan tadbirda ishtirokchilar tomonidan milliy qadriyatlarimiz, an’analarimiz targ‘ibotida xotin-qizlarning alohida o‘rni haqida ta’kidlandi. Shuningdek, milliy taom sumalak tayyorlanib, laparlar kuylandi.
O‘lmas Barotov, O‘zA muxbiri