Ayol sudyalar uçun seminar
Sunʼiy intellekt imkoniyatlari kengaygani sari raqamli xavf-xatarlar ham ortib bormoqda. Ayniqsa, sud tizimida şaxsiy va xizmatga oid maʼlumotlar xavfsizligini taʼminlaş, zamonaviy texnologiyalardan töğri foydalaniş muhim ahamiyat kasb etadi.
Urganç şahrida şu masalalarga bağişlab, Özbekiston ayol sudyalari assotsiatsiyasi ijroiya direktori Gulnora Axunova iştirokida viloyatdagi ayol sudyalar va sud xodimlari uçun seminar taşkil etildi.

Unda sud tizimini raqamlaştiriş, sunʼiy intellektdan samarali va xavfsiz foydalaniş, şaxsiy maʼlumotlarni muhofaza qiliş masalalari muhokama qilindi.
Şuningdek, Urganç davlat universiteti öqituvçisi tomonidan kiberhujumlarning oldini oliş, şubhali havola va xabarlardan himoyalaniş, raqamli qurilmalar hamda akkauntlar xavfsizligini taʼminlaş böyiça taqdimot ötkazildi.

Taqdimot davomida sunʼiy intellekt vositalaridan foydalanişda maxfiy va xizmatga oid maʼlumotlarni oşkor etmaslik, raqamli texnologiyalarga masʼuliyat bilan yondaşiş zarurligi alohida taʼkidlandi.

Seminar iştirokçilar uçun tajriba almaşiş, dolzarb savollarga javob oliş va kundalik faoliyatda raqamli xavfsizlik qoidalariga rioya etiş böyiça muhim amaliy ahamiyat kasb etdi.
A. Şokirov, ÖzA