Ayol sog‘lom bo‘lsa, jamiyat sog‘lom bo‘ladi
Mamlakatimizda xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularga har tomonlama ko‘maklashish maqsadida muayyan ishlar amalga oshirilmoqda. Prezidentimizning 2021 yil 5 martdagi “Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning jamiyat hayotidagi faol ishtirokini ta’minlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi qarori bu boradagi ishlar samaradorligini oshirmoqda.

Navoiy viloyatida ham ushbu qaror ijrosi doirasida tibbiy-ijtimoiy ko‘makka muhtoj xotin-qizlar qo‘llab-quvvatlanmoqda. Xalq deputatlari Navoiy viloyati kengashining tegishli qarorlariga asosan bir guruh davolanishga muhtoj ayollarga “Mahalla” xayriya jamoat fondi viloyat bo‘limi huzuridagi “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasidan 1 milliard 727 million so‘m mablag‘ ajratish ko‘zda tutildi. “Ayollar daftari” ga kiritilgan xotin-qizlarning mamlakatimiz bo‘ylab sayohatlari, dam olishlari, sanatoriylarda davolanishlari uchun esa 1,273 milliard so‘m mablag‘ O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi “Kasaba sayr” sho‘’ba korxonasiga o‘tkazib berilgan.

Hozirda Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar kengashlari qarorlari bilan “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi ko‘magida davolanganlar soni yuz nafardan oshgan. Bu kabi xayrli ishlar viloyat bo‘ylab davom etmoqda.

Dildora Baratova,
“Mahalla” xayriya jamoat fondi viloyat bo‘limi mutaxassisi
O‘zA