Ayiq savdo markaziga kiraverishda dam olyapti
AQSHning Minnesota shahridagi yirik savdo markazi qorovuli Rayan Karlson binoga kirish eshigi yonida dam olib yotgan ayiqni video tasvirga olgan.
AQSHning Minnesota shahridagi yirik savdo markazi qorovuli Rayan Karlson binoga kirish eshigi yonida dam olib yotgan ayiqni video tasvirga olgan. Toʻgʻri, muassasa hozircha pandemiya tufayli ishlamayapti.
Voqea guvohining aytishicha, jonivorni avtomobilda aylanib oʻziga tegishli hududni koʻzdan kechirib chiqayotganda, taxminan tungi soat uchlar atrofida uchratgan. Bahaybat yovvoyi hayvon – ayiq turli yeguliklar sotiladigan, ayni payt mijozlarga yetkazib berish yoʻli bilan xizmat koʻrsatayotgan kichik doʻkoncha eshigi yonida yotgan.
Karlson xizmat majburiyatiga binoan, tasvirni savdo markazi direktori Keti Kazga koʻrsatdi. U esa oʻz navbatida noodatiy lavhani ijtimoiy tarmoqqa joylashtirdi.