Axmedova Shahlo Ikromovnaning texnika fanlari falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
“Paxta salomasidan yuqori sifatli glitserin olish texnologiyasini takomillashtirish” mavzusida
Axmedova Shahlo Ikromovnaning “Paxta salomasidan yuqori sifatli glitserin olish texnologiyasini takomillashtirish” mavzusidagi 02.00.17 – “Qishloq xo‘jalik va oziq-ovqat mahsulotlariga ishlov berish, saqlash hamda qayta ishlash texnologiyalari va biotexnologiyalari” ixtisosligi bo‘yicha texnika fanlari falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasining himoyasi Toshkent kimyo-texnologiya instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/30.12.2019.T.04.01 raqamli Ilmiy kengashning 2025 yil 6 yanvar soat 11:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: 100011, Toshkent shahar, Shayxontohur tumani, A.Navoiy ko‘chasi, 32-uy. Toshkent kimyo-texnologiya instituti Ma’muriy binosi, 2-qavat, anjumanlar zali
Tel.: (99871) 244-79-20, faks: (99871) 244-79-17
e-mail: tkti_info@edu.uz