Axmedjanova Zarrina Iskandarovnaning texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
“Evolyutsion gibrid qidiruv asosida transport logistikasi axborot tizimi ma’lumotlarining o‘zaro ta’sir modellari va algoritmlari” mavzusida
Axmedjanova Zarrina Iskandarovnaning 05.01.03-“Informatikaning nazariy asoslari” (texnika fanlari) ixtisosligi bo‘yicha “Evolyutsion gibrid qidiruv asosida transport logistikasi axborot tizimi ma’lumotlarining o‘zaro ta’sir modellari va algoritmlari” mavzusidagi falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti huzuridagi DSc.09/2025.27.12.T.02.01.M raqamli Ilmiy kengashning 2026-yil 7-may kuni soat 14:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: 100125, Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani, Bo‘z-2 mavzesi, 17A uy.
Tel.: (99871) 263-41-98
e-mail: info@airi.uz